“Internet kafe” va “Kompyuter klublari”da bo‘lishning oldini olish choralari.

28.04.2017, 10:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 375

2017 yil 27 aprel kuni institut “Murabbiylar” kengashi tashabbusi bilan akademik guruhlarda murabbiylar boshchiligida dars va tungi vaqtlarda “Internet kafe” va “Kompyuter klublari”da bo‘lishi, ma’naviy-axloqiy buzuqlikni targ‘ib etuvchi saytlarga kirishi holatlarini aniqlash maqsadida reytlar tashkil etildi. Unga ko‘ra talabalarning uyali aloqa telefonlari ko‘rikdan o‘tkazildi, internet tarmog‘idan qay darajada foydalanishlari, bo‘sh vaqtlari nimalar bilan shug‘ullanishlari bo‘yicha tekshirish ishlari olib borildi. Bu kabi nazorat ishlari bevosita ota-onalari bilan hamkorlikda amalga oshirish lozimligi qayd etildi va ularning ota-onalari ham bu borada ogohlantirildi. Talabalarning davomati, ularning darslarga qatnashishi bo‘yicha fakultet dekanlari bilan bevosita aloqadorlikda amaliy ishlar olib borildi. Davomati, o‘zlashtirishi past bo‘lgan talabalarning ota-onalari ogohlantirildi va bunga tegishli tartibda chora ko‘rilishi yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalar turar joyida yashovchi talabalarning xolidan muntazam ravishda murabbiylar, kafedra o‘qituvchilari tomonidan xabar olishlari (Tillar kafedrasi o‘qituvchilari TTJda yashovchi talabalar bilan olib borilgan amaliy ishlarining foto surati ilova etiladi) yuzasidan ham nazorat ishlari olib borildi. Mazkur tadbirga jami 857 nafar talabalar va 83 nafar murabbiylar va 9 nafar rahbar xodimlar jalb etildi.