“Globallashuv davrida yoshlarni turli yod g‘oyalar ta’siridan ogoh etish”.

28.04.2017, 11:19 Institut yangiliklari, Yangiliklar 223

2017 yil 27 aprel kuni institut Tillar kafedrasi o‘qituvchilari tashabbusi bilan akademik guruhlarda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Globallashuv davrida yoshlarni turli yod g‘oyalar ta’siridan ogoh etish”, “Axborot texnologiyalaridan maqsadli foydalanish choralari mavzularida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda tillar kafedrasi katta o‘qituvchilari SH.B.Matyusupova, M.B.Umarova, D.Q.Xudoyqulova va N.Karimovalar mavzu yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bordi. Tadbir jarayonida hozirgi kunda shiddat bilan o‘zgarib borayotgan, tahlikali davrda yashayotganligimizni, bir tomondan, uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar bo‘lsa, ikkinchi tomondan g‘oyaviy tahdidlar-axborot xuruji, “ommaviy madaniyat” kabi yod g‘oyalar yoshlarimiz ongiga qanchalik ta’sir o‘tkazayotganligini gapirar ekan, har birimiz doimo ogohlikda o‘zligimizni yo‘qotmagan holda o‘z yo‘limizdan og‘ishmay yurishimiz, buning uchun ma’naviy barkamol va yetuk inson bo‘lishimiz lozimligini hamda o‘z bilim va ko‘nikmalarimizni atrofdagilarga targ‘ibot qilishimiz, loqaydlikga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim deya, hayotiy misollar bilan tushuntirib o‘tdi. Shuningdek, suhbat jarayonida talabalarning mavzu yuzasidan fikr mulohazalari va takliflari tinglandi. Tadbirda jami 36 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.