Ахborot – resurs markazi fondiga yangi kitob keldi

09.12.2016, 10:55 E'lonlar 1213

 

111wq87

A.Y.Ibaragimov va J.A.Ibragimovlarning hammuallifligida “Shifobaxsh ne’matlar” nomli kitobi axborot resurs markazi fondiga keldi.

Ushbu risolada O’zbekistonda o’sadigan, ayrimlari madaniylashtirilgan va tropik, subtropik mamlakatlardan keltirilgan dorivor o’simliklar hamda ularning hom ashyolari haqida ma’lumotlar keltirilgan. O’simliklarning o’zbekcha, lotincha va ruscha nomlari hamda ularning morfologik belgilari asosida tabiatda yoki homashyo holida ajrata bilish haqida ko’rsatmalar berilgan. Deyarli barcha kasalliklarga davo sifatida asosiy ta’sir yo’nalishi aniq ko’rsatilgan.

Shuningdek, dorivor o’simliklar bir qatorda, shifobaxsh ziravor mahsulotlar, mevalar va sabzavotlar va ularning shifobaxsh hususiyatlari atroflicha yoritilgan. Bundan tashqari, o’simliklar homashyosi asosida tayorlanadigan quyuq va suyuq gazaklar tayorlash to’g’risida ma’lumotlar bayon etilgan. Risola oxirida extiyot chorasini ko’rish kerak bo’lgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli o’simliklar ro’yhati berilgan. Risola keng o’quvchilar ommasiga uy sharoitida dorivor vositalar tayorlash uchun mo’ljallangan bo’lib, shu bilan bir qatorda, farmasevtlar, shifokorlar, barcha davolash sohasidagi amaliyot hodimlariga va tibbiyot sohasidagi barcha talabalarga mo’ljallangan.